Zelenskiy Putinni Kiyevga taklif qildi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putinga Kiyevda o‘zaro uchrashuv o‘tkazish taklifini berdi. Bu haqda Zelenskiy jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi, deb yozdi DW nashri.
Yetakchining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni mojaroni tugatishga yordam beradigan har qanday samarali formatga tayyor, ammo muzokara joyi masalasi sun’iy ravishda cho‘zilmasligi kerak. Zelenskiy Belarus hududida muzokara o‘tkazishni qat’iy rad etgan.
D.Hakimov, O‘zA