Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy: Putin bilan muzokara Turkiya, Fors ko‘rfazi yoki Yevropada o‘tadi
15:48 / 2025-08-27

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya, Fors ko‘rfazi va Yevropaning bir necha davlati bilan shu hafta diplomatik muloqot o‘tkazilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni mintaqalardan biror mamlakat RF yetakchisi bilan ehtimoliy bevosita muzokara uchun mo‘ljallanadigan joy sifatida ko‘rilyapti.

Zelenskiy qo‘shimcha qilishicha, Ukraina urushni tugatishga tayyor va muloqotga hozirlik ko‘rish uchun bor kuchini sarflamoqda. Uning fikricha, afsuski, ayni payt Rossiyaga kuchli bosim o‘tkazish va haqiqiy tinchlik jarayonini boshlash zarur. Bu borada siyosiy irodasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan dunyo yetakchilari, birinchi navbatda, AQSH pozitsiyasi asosiy omil bo‘lib qolmoqda.

S.Rahimov, O‘zA