Zelenskiy o‘z iste’fosi shartini aytdi
Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy RF bilan ziddiyatga barham berilgach, mamlakatni boshqarishni rejalashtirmayapti. Bu haqda “RBK” nashri xabar bermoqda.
Shuningdek, u agar tinchlik kelishuvi amalga oshsa, parlamentga saylovlarni tashkil qilish to‘g‘risida murojaat qilishini va’da qilgan.
— Mening maqsadim – nizoni yakunlash, yana nomzod bo‘lib qolish emas, -dedi Ukraina prezidenti.
Nashr Zelenskiy AQSH rahbari Donald Tramp bilan uchrashuvida undan yangi qurol tizimi haqida so‘raganini ma’lum qildi.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA