Zelenskiy: olti kun ichida gumanitar yo‘laklar bo‘yicha 130 ming kishi evakuatsiya qilindi
"Kiyev va Lugansk viloyatlarida 10 dan ortiq gumanitar yo‘laklar ishga tushirildi. Olti kun mobaynida 130 mingdan ziyod kishi evakuatsiya qilindi", – dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy videomurojaatida.
Avvalroq Ukraninaning nazoratida bo‘lmagan hududlarida reintegratsiya masalalari bo‘yicha Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Irina Vereuk 13 martda evakuatsiya barcha rejalashtirilgan yo‘laklar bo‘yicha amalga oshirilmaganini ma’lum qilgan edi. Xususan, Mariupol va Berdyanskda evakuatsiyani amalga oshirib bo‘lmagan. Vereukning ishontirib aytishicha, Mariupoldan odamlarni olib chiqishga 14 mart kuni urinib ko‘riladi.