Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy nima uchun Shveysariyaga bordi? (+video)
18:25 / 2026-01-22

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun Shveysariyaga yetib keldi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Hafta boshida Ukraina yetakchisi Davosda har yili o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumida qatnashmasligini ma’lum qilgan edi. Bunga Ukrainadagi energetik inqiroz sababligini ko‘rsatib, Kiyevda qolishini bildirdi. Chunki, Rossiya aviahujumlari oqibatida, poytaxt va boshqa hududlarning katta qismi elektr ta’minotisiz qolgan.

Zelenskiy Davosga faqat Tramp bilan urushni to‘xtatuvchi kelishuvni imzolash imkoniyati bo‘lsagina borishini bildirgan. Bu kelishuv xavfsizlik kafolatlari va urushdan keyingi tiklanishni moliyalashtirishni ham o‘z ichiga olishi kerak edi.

Biroq chorshanba kuni Donald Tramp to‘satdan Zelenskiy bilan Davosda uchrashuv bo‘lishini e’lon qildi. Zelenskiy matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Ukraina prezidenti Davosda Tramp bilan uchrashadi, shundan so‘ng nutq so‘zlaydi. Zelenskiyning kutilmaganda Davosga borishi kelishuv masalasida jiddiy siljishlar  borligini ko‘rsatadi. Hozircha boshqa ma’lumotlar ochiqlanmagan.  

Ma’lumki, so‘nggi kunlarda bu masala bo‘yicha Stiv Uitkoff Davosda ukrainalik rasmiylar bilan muzokaralar olib borgan.  

Shuningdek, Uitkoffning yana bir amerikalik maxsus vakil, Jared Kushner bilan birga Moskvaga borishi kutilmoqda. Ular urushni to‘xtatish bo‘yicha ehtimoliy rejani Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilishlari kerak.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/31MojXmDcbA?si=x54t58pIdD4srs3c" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov, O‘zA