Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy Mersni haqiqiy yetakchi deb atadi (+video)
13:37 / 2026-01-30

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan telefon orqali gaplashib, urushning ilk kunlaridan beri ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi. U Mersni “haqiqiy yetakchi” deb atadi.Bu haqda DW nashri xabar berdi.

Zelenskiyning aytishicha, Germaniya ukrainaliklarhayotini saqlab qolish va Rossiya hujumlaridan himoyalanishda juda katta hissa qo‘shmoqda. Ayniqsa, nemislarning havo mudofaa tizimlari Ukraina shaharlari va energetika ob’ektlarini himoya qilmoqda.

Shuningdek, Germaniya energetika sohasida ham muhim yordam taqdim etib kelmoqda. Zelenskiy bu qo‘llab-quvvatlash Ukraina uchun juda muhim ekanini ta’kidladi.

Germaniya hukumati vakili Berlin Ukrainani bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashni, havo mudofaasi, generatorlar va issiqlik elektrostansiyalari bilan ta’minlashni davom ettirishini aytdi. Germaniya adolatli va barqaror tinchlikka erishish tarafdori ekanini ham bildirdi.

Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniya hukumati AQSH va Ukraina bilan doimiy aloqada ekanini, shunchaki vositachi emas, balki Ukrainaning ittifoqchisi ekanini ta’kidlagan. 

<iframe width="484" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/vGgPlN1y11E" title="Zelenskiy Mersni haqiqiy yetakchi deb atadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA