Zelenskiy Makron bilan telefon orqali gaplashdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan telefon orqali mamlakatidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Zelenskiyning o‘zi ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.
“Men zudlikda Makron bilan suhbatlashdim. Biz havo hujumidan mudofaa kuchaytirilishi, Yevropa va xalqaro hamjamiyat tomonidan Rossiyaga nisbatan jiddiy munosabat bildirilishi zarurligini muhokama qildik. Fransiya biz bilan yonma-yon”, degan Zelenskiy.
Avvalroq xabar qilinganidek, butun Ukraina bo‘ylab havo ogohlantiruvi e’lon qilingan, elektr ta’minotida muammo yuzaga kelayotgani aytilgan.
Fransiya Prezidenti Parij Ukrainaga harbiy yordamni kengaytirishga tayyorligini tasdiqladi.
“Emmanuel Makron Prezident Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi”, deb xabar berdi Fransiya yetakchisi matbuot xizmati.
Shuningdek, Fransiya “Kiyevning ehtiyojiga qarab, jumladan, harbiy jihozlar yetkazib berishga ham tayyor”ligini bildirdi.
O‘zA