Zelenskiy katta yettilikning tezkor uchrashuviga tayyorlanayotgani haqida ma’lum qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy GFR kansleri Olaf Shols bilan G7ning tezkor uchrashuvini tashkil etish bo‘yicha bir to‘xtamga kelganini ma’lum qildi. Zelenskiy ushbu uchrashuvda so‘zga chiqishga umid qilmoqda.
"Katta yettilikka raislik qilayotgan Germaniya kansleri Olaf Shols bilan guruhning tezkor majlisini o‘tkazish haqida kelishib oldim. Majlisda mening chiqishim rejalashtirilgan", – deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoq orqali.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Shols bilan shuningdek, Rossiyaga bosim o‘tkazish hamda zarar ko‘rgan infratuzilmalarni qayta tiklash masalasini ham muhokama qilgan.