Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Donbassdagi mojaro qurbonlari qariyb 15 ming kishiga yetgan.
"2019 yilda ushbu minbardan turib, Ukrainada urushda qurbon bo‘lganlar soni 13 ming kishidan oshgani va 30 ming kishi jarohat olgani haqida aytgandim. Bir yarim million kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lishgan. Ushbu raqamlar har yili BMTda jaranglaydi, faqat tuzatishlari bilan, ya’ni, ming afsuski har yili ushbu raqamlar ortmoqda. Men bu haqda 2020 yilda ham aytgandim. Hozir ham aytayapman. Halok bo‘lganlar soni 15 ming kishiga yetdi. Jarohatlanganlar soni ham ortgan. Boshpanasiz odomlar soni ham ko‘paygan. Mana sizga ozodlikning bahosi, mana sizga mustaqillikning bahosi", - dedi Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasida so‘zga chiqib.
Ukkraina prezidentining chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda namoyish qilib turildi, deyiladi RIA Novosti tarqatgan xabarda.
Ukrainaning Donbass hududida 2014 yil aprel oyidan buyon qurolli mojaro davom etmoqda. Donbassdagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha Minsk aloqa guruhi ishlab turibdi. Mazkur guruh 2014 yildan to hozirgacha mojaroni to‘xtatishga qaratilgan uchta hujjat qabul qilgan. Biroq tomonlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuv imzolanganiga qaramay otishmalar hamon davom etmoqda.