Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy Davosda Tramp bilan uchrashadi
17:37 / 2026-01-22

Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Jahon iqtisodiy forumidoirasida AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun Shveysariyaning Davos shahriga yetib bordi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Matbuot kotibi Sergey Nikiforovning ma’lum qilishicha, Zelenskiy va Tramp o‘rtasidagi uchrashuv Kiyev vaqti bilan soat 14:00 ga belgilangan. Uchrashuvdan so‘ng Ukraina rahbari forum ishtirokchilari oldida nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Avvalroq, Davosda chiqish qilgan Tramp Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazish rejasini tasdiqlab, Ukraina rahbariyati kelishuvga tayyor ekani haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, qariyb to‘rt yildan beri davom etayotgan mojaroni to‘xtatish zarur.

D.Hakimov, O‘zA