Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy: Biz NATOga a’zo bo‘lmaslikka rozimiz, agar...
15:43 / 2025-12-15

Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy AQSH va YeI davlatlari kuchli xavfsizlik kafolatlarini ta’minlasa, rasmiy Kiyev NATOga a’zo bo‘lish talabidan voz kechishga tayyorligini ma’lum qildi.

“Financial Times” yozishicha, bu yangilik Qo‘shma Shtatlar tomonidan ishlab chiqilgan 20 bandlik tinchlik rejasini muhokama qilish jarayonida e’lon qilindi. 

Zelenskiy jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda Ukraina NATOning 5-moddasiga o‘xshash nizomni shuningdek, Kanada, Yaponiya va Yevropa o‘lkalaridan xavfsizlik kafolatlarini kutayotganini ta’kidladi. Ushbu chora-tadbirlar Ukraina uchun NATO a’zoligi orqali beriladigan xavfsizlik tizimini to‘ldirish maqsadida ishlab chiqilmoqda.

Taklif qilinayotgan tinchlik rejasida Rossiyaga hududiy imtiyozlar berilishi mumkinligi aytilmoqda, bu esa Kiyev uchun juda nozik masala hisoblanadi, chunki Ukraina ushbu hududlarni boy berib qo‘ymoqchi emas.

Ayni paytda diplomatik faoliyat kuchaymoqda: Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya rasmiylari takliflarni ko‘rib chiqmoqda, tez orada ushbu mamlakat yetakchilari bilan yuqori darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ushbu bayonotlar Ukrainaning muzokaradagi pozitsiyasida ehtimoliy o‘zgarishni ko‘rsatdi va Kiyevning xalqaro yordamni ta’minlash hamda hududiy yaxlitlikni saqlash o‘rtasidagi nozik muvozanatini aks ettirmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA