Zelenskiy AQSH yetakchisi va NATO bosh kotibi bilan telefon orqali suhbatlashdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH yetakchisi Donald Tramp va NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan telefon orqali suhbat o‘tkazgan.
“Sinxua” yozishicha, Oq uy rahbari bilan muloqot chog‘ida Ukraina havo himoyasi tizimini kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilingan.
Tomonlar bundan keyin ham tez-tez aloqada bo‘lib, harakatni muvofiqlashtirib borishga kelishib olgan.
Mark Ryutte bilan suhbatda Zelenskiy Kiyevga qo‘shimcha havo himoya tizimi bilan bog‘liq yordam uchun ittifoqdoshlariga minnatdorlik bildirgan.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA