Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zelenskiy 2025 yil harbiy xarajatni oshirishga rozi
15:30 / 2025-08-05

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy xavfsizlik va mudofaa tizimiga ajratiladigan yillik xarajatni 412 milliard griven (9,8 milliard dollar)ga yetkazish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Oliy Rada ma’lumot bazasi guvohlik bermoqda.

Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko avvalroq parlament tomonidan ayni mazmundagi taklif qo‘llab-quvvatlanganini ma’lum qilgandi.

Mudofaa vaziri Denis Shmigal esa "Agar Oliy Rada byudjetga o‘zgarish kiritilishini ma’qullamasa, ukrainalik harbiylar 15 avgustdayoq maoshsiz qolishi mumkinligidan ogohlantirgandi.