Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zebo BOBOEVA: “Tarjimonlikni tanlagan yoshlar ko‘p kitob o‘qishi kerak”
09:30 / 2023-10-10

Tarjimonlik tarjimondan katta bilim, mahorat va mehnat talab qiladigan kasb. Shu bois, ushbu kasbni tanlagan insonda shu jihatlar bo‘lmasa, u tarjima qilgan maqola yoki ijod namunasi aslini aks ettira olmasligi mumkin.

O‘zAning Tarjima tahririyati yetakchi tarjimoni, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Zebo Boboyeva o‘zining 25 yillik tarjimonlik faoliyati bilan o‘rtoqlashdi:   

– Men bolaligimdan adabiyotga qiziqqanman. O‘zbekcha va ruscha adabiyotlarni juda ko‘p o‘qiganman. Keyinchalik ham shu yo‘ldan borib, fan bilan shug‘ullanganman. “O‘zbek romanchiligi” mavzusida ilmiy ishimni himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi bo‘ldim. Talabalarga dars berdim va yana izlanishlarni davom ettirdim.   

Buni qarangki, keyingi 25 yillik mehnat faoliyatim tarjima bilan bog‘liq va bugungi kunda tarjimonlik bilan shug‘ullanaman.   

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/K2uLF5AHLtA" title="Zebo BOBOEVA: “Tarjimonlikni tanlagan yoshlar ko‘p kitob o‘qishi kerak”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Savol tug‘iladi: bu ikki sohaning bog‘liqligi nimada? Adabiyot va tarjimonlik bir-biri bilan uzviy jarayon. Negaki, tarjimani tarjimonning ichki dunyosi va ruhiy olamining in’ikosi deyish mumkin. Adabiyot esa aynan tarjimonlikka zamin yaratadi. Uni shakllantiradi va imkoniyat yaratadi. Ya’ni, har qanday odam men  ruschani bilaman, men o‘zbekchani bilaman, tarjima muammo emas, deb o‘ylaydi. Lekin uni kompyuter oldiga o‘tqazib, tarjimani u qanchalik eplashiga baho bera olasiz. Ayniqsa, bunda uning bilim dunyosi va ichki olami yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.   

Shu sababli, tarjimonlikka qiziquvchan va shu kasbni tanlagan yoshlarga maslahatim, avvalo, kitobni seving. Ko‘proq o‘qing, tinimsiz o‘z ustingizda ishlang va albatta maqsadingizga erishasiz.     

Yaxshi chiqqan tarjimadan o‘zingiz katta mamnuniyat va rohat olasiz.    

O‘zA muxbiri  

Nasiba Ziyodullayeva  

yozib oldi