Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zavodning metall quyish quvvati oshadi
14:28 / 2023-05-12

Navoiy mashinasozlik zavodining quymachilik sexi rangli quyma uchastkasida amaldagi 6 tonnalik metall eritish pechi texnologik jarayonlarni raqamlashtirish evaziga modernizatsiya qilindi va ishga tushirildi.

Navoiy mashinasozlik zavodi nafaqat Navoiy kon-metallurgiya kombinati, balki respublikamizning eng yirik sanoat korxonalaridan biridir. bugungi kunda zavodda 15 ming turdagi mahalliylashtirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar, shu jumladan, turli xil uskunalar, nostandart jihozlar, dastgohlar, ehtiyot qismlar ishlab chiqarilmoqda. So‘nggi yillarda zavodning Quymachilik sexida kombinat bo‘linmalarida foydalaniladigan shartli tegirmonlar va kon-shaxta uskunalari uchun quyma mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Xususan, joriy yilning fevral oyida mazkur sexda 25 tonnalik yangi zamonaviy pech ishga tushirilgan edi. Ushbu pech uchun zarur qoliplash uskunasi bevosita zavodda tayyorlandi. Yangi pech sex ishlab chiqarish quvvatini 30 foizga oshiradi yoki yiliga 40 ming tonnaga yetkazish imkonini beradi. Pechning ishga tushirilishi bilan 53 ta ish o‘rinlari yaratilgan edi. Texnologik jarayonlarni raqamlashtirish evaziga modernizatsiya qilinib, ishga tushirilgan ushbu pech yordamida po‘lat va cho‘yandan kichik hamda o‘rta o‘lchamdagi quymalarni ishlab chiqarish hajmi oshadi. Ushbu loyihaning tatbiq etilishi qo‘shimcha 18 ta ish o‘rnini yaratish imkonini berdi.  

Mazkur pech zamonaviy texnologiyalarga asoslangan asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi tufayli metall eritish sifati yaxshilanadi. Pechda texnologik jarayon avtomatlashtirilgan bo‘lib, metall eritish to‘liq kuzatib boriladi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA