English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zavodning barqaror ishlashi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi
11:22 / 2022-03-24

"O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Korxonaning faoliyati va kelgusida amalga oshiriladigan masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda korxona barqaror ishlashi, ishlab chiqarish jarayonlari holatini doimiy nazorat qilib borish zarurligini ta’kidlandi. 

– Xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratish, ob’ektlarni qo‘riqlash  choralarini kuchaytirish va xavfsizlik texnikasi mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi va harakat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish kerak, – deydi “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev.  – Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash asosiy vazifadir. 

Zavod direktori Akbar Fazilov korxonada rahbarlar navbatchiligi, tezkor otryadlarning kechayu kunduz faoliyati, bayram kunlarida uzluksiz ishlash uchun moddiy-texnik resurslar zahirasi, avtotransport vositalari tashkil etilgani,  zarur vositalar yaratilganligi haqida hisobot berdi. 

Iste’molchilarga neft mahsulotlari yetkazib berish to‘liq hajmda amalga oshirilmoqda. Energotizim ob’ektlari shtat rejimida ishlamoqda. 

"O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi zavodning texnologik ob’ektlarini ko‘zdan kechirdi. Muhandislik kommunikatsiyali 2 ta 5000 m3 hajmdagi sig‘im, nasos stansiyasini qayta qurish va qo‘shimcha neft quyish va to‘kish estakadasini qurishni ko‘zda tutgan “O'zbekneftegaz GTL" MCHJ sintetik kerosin komponentlarini ishlab chiqarishga jalb qilish orqali Buxoro NQIZ ishlab chiqarish hajmini kengaytirish loyihasi" ni amalga oshirish ishlari bilan tanishdi. 

Zavodning uzluksiz ishlashini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yuqoridagi masalalar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Zarif Komilov,  O‘zA