Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zaryadlash stansiyalari uchun yer uchastkalari elektron auksion orqali ijaraga berilmoqda
14:40 / 2023-03-24

"E-auksion" elektron savdo platformasi orqali elektr transport vositalarini quvvatlantirish shoxobchalari uchun yer uchastkalarini ochiq auksion savdolari orqali sotish boshlandi.

Vazirlar Mahkamasining 485-sonli qaroriga muvofiq, mazkur onlayn auksion savdolarida faqat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin. Hozirda 62 ta lot platformaga chiqarilgan bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tgan va zarur zakalat miqdorini kiritgan talabgorlar savdoda qatnashishlari mumkin.  

Shu kunlarda Samarqand viloyatidan 33 ta, Toshkent viloyatidan 15 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 4 ta, Jizzax viloyatidan 3 ta, Xorazm, Buxoro va Navoiydan 2 tadan, Namangandan 1 ta ko‘chma savdo joyi savdoga chiqarildi.  

Lotlarni e-auksion.uz saytining lotlar menyusiga o‘tgan holda, «ko‘chma savdo joylari» bo‘limidan ko‘rish mumkin. Unda yer maydonlarini yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imkoniyati ham yaratilgan.  

Joriy yil oxirigacha 1 ming 500 ta elektr transport vositalarini quvvatlantirish shoxobchalarini auksionga qo‘yish rejalashtirilgan.  

 

O‘zA