Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zarurat bo‘lmagan joylarda o‘rnatilgan yo‘l belgilari demontaj qilinadi
20:26 / 2025-05-16

Hukumat qaroriga ko‘ra, “To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarining maqsadga muvofiq o‘rnatilganligi nuqtai nazaridan to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Zarurat bo‘lmagan joylarda o‘rnatilgan yo‘l belgilari demontaj qilinadi, ularning amal qilish vaqtini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha axborot belgilari o‘rnatiladi.

Qaror bilan shu belgilarda ko‘rsatilgan amal qilish vaqtidan tashqari paytda transport vositalarining tegishlicha to‘xtashi hamda to‘xtab turishiga ruxsat berildi. Masalan, "To‘xtab turish taqiqlangan" belgisining tagida amal qilish vaqti soat "7.00 - 21.00" deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, transport vositalari ushbu belgi hududida soat 21.00 dan 7.00 ga qadar bemalol to‘xtab turishlari mumkin bo‘ladi. 

O‘zA