FOTOREPORTAJ
So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish, tarixiy-madaniy meros ob’ektlarini asrab-avaylash va ular atrofida zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Poytaxtimizning Olmazor tumani hududidagi Xastimom mahallasida joylashgan Zarqaynar ko‘chasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bu boradagi keng ko‘lamli sa’y-harakatlar samarasidir.
Mazkur hudud asrlar davomida shakllangan tarixiy qiyofasi, milliy me’morchilik an’analari va hunarmandchilik muhiti bilan ajralib turadi. Respublika byudjetidan ajratilgan 150 milliard so‘m mablag‘ hisobiga 576 ta xonadon milliy uslubda ta’mirlanib, mahalla tarixiy muhitga uyg‘un qiyofa kasb etdi.
[gallery-27636]
Tadbirkorlar tomonidan kiritilgan investitsiyalar natijasida ko‘chada 7 ta mehmonxona, 8 ta restoran, 5 ta hunarmandlik markazi, 1 ta savdo markazi hamda 125 ta xizmat ko‘rsatish ob’ekti tashkil etildi. Natijada 1500 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.
Iqtisodiy ahamiyatga ega ushbu loyiha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati kengayishiga, mahalliy byudjet tushumlari ortishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, milliy mahsulotlar va an’anaviy hunarmandchilik buyumlarining namoyishi hamda savdosi milliy qadriyatlarni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hududda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari aholining turmush sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Yo‘llar, zamonaviy yoritish tizimlari, piyodalar yo‘laklari va ko‘kalamzorlashtirish ishlari sayyohlar hamda mahalliy aholi uchun qulay va jozibador muhit yaratdi.
Kamola Yusupova, Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA