FOTOREPORTAJ
Buxorodagi “ZARMED” universitetining ilk bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
Ushbu universitetda hozirda 90 dan ortiq ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lib, ular bakalavriat, magistratura, malaka oshirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini o‘z ichiga olgan.
[gallery-24081]
Universitet Amerika Qo‘shma Shtatlari, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya va Rossiya kabi davlatlardagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorlik aloqalari orqali talabalarga xalqaro diplomlar, stajirovkalar va dunyo miqyosidagi ilmiy imkoniyatlar taqdim etilmoqda.
Bugun universitet o‘zining 34 nafar bitiruvchisini mustaqil hayotga kuzatmoqda. Marosimda talabalar, ota-onalar, ustozlar, hamkor tashkilotlar vakillari jam bo‘ldi.
Bitiruvchilarga mutaxassislik diplomlari va esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi. O‘z navbatida yoshlar ustozlariga minnatdorlik izhor etdi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA