Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zargarlik yo‘nalishidagi ishbilarmonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
11:38 / 2024-09-18

FOTOREPORTAJ

Termiz shahridagi “Zargarlik markazi”da Prezidentimizning “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Tadbirda “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi raisi o‘rinbosari Dilshod Salomov Farmonda belgilangan chora-tadbirlar, imtiyoz va imkoniyatlar yuzasidan ma’lumot berdi. 

[gallery-19316]

Ta’kidlanganidek, hozirda viloyatda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar jami 51 nafar, zargarlik buyumlari va bijuteriya buyumlarini ishlab chiqaruvchilar 9 nafar, ixtisoslashgan do‘konlarda soatlar va zargarlik buyumlari chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchilar esa 42 nafarni tashkil etadi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob qaytarildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA