Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga urinish fosh etildi
14:38 / 2024-03-04

Mamlakatimizdagi amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlarisiz, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin.

Ammo amaldagi qonunchilikni chetlab o‘tib, belgilangan miqdordan oshiq qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishga urinayotganlar ham uchrab turibdi. 

Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yurtimizga o‘tish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro o‘z harakatlari bilan bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgani sababli ikki nafar xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 

Natijada, fuqaroning bel qismi orqa tomoni shimining ichiga bojxona nazoratidan yashirilgan, qora rangli maxsus o‘ramda, qiymati 82 mln. so‘mlik, vazni 110,97 gramm zargarlik buyumlarini borligi aniqlandi. 

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA