Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Zarbdor parranda” MCHJ imkoniyatlari yanada kengaymoqda
12:29 / 2025-11-20

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida sanoatni qo‘llab-quvvatlash va ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan izchil ishlar tobora jadal tus olmoqda.

Tuman hokimi Bekzod Tashpulatov rahbarligidagi ishchi guruh sanoat sub’ektlarida mavjud imkoniyatlar va muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilab bormoqda.

Shu jarayonda tumandagi yirik  korxonalardan biri — “Zarbdor parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  

[gallery-26339]

“Sharq yulduzi” mahallasidan joy olgan mazkur zamonaviy majmua parranda va baliqlar uchun ozuqa ishlab chiqarishdan tortib, broyler tovuq yetishtirishgacha bo‘lgan to‘laqonli ishlab chiqarish zanjiriga ega. Korxona yiliga 5 ming tonna tovuq go‘shti yetishtirish quvvatiga ega bo‘lib, hozirda 120 nafar ishchi bandligi ta’minlangan.

Korxonada mahsulotni saqlash va qadoqlash jarayonlari ham yo‘lga qo‘yilgani, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish maqsadida 40 ming bosh naslchilik yo‘nalishidagi parranda yetishtirish bo‘yicha yangi loyiha rejalashtirilgani – bu yerdagi imkoniyatlar yanada keng ochilayotganidan dalolat beradi.

Korxonada ishlab chiqarishni yanada oshirish barobarida, qayta ishlashni takomillashtirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish – jamoaning eng asosiy maqsadi ekani esa alohida tahsinga loyiq.

Aslida bu korxona shunchaki ishlab chiqarish majmuasi emas – qishloq xo‘jaligining zamonaviy qiyofasini shakllantirish va mahalliy iqtisodiyotga qo‘shilayotgan munosib hissaning yorqin ifodasidir.

Ayniqsa, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” davlat dasturi doirasida majmua faoliyati yo‘lga qo‘yilgani natijasida 20 nafardan ziyod aholi doimiy ish bilan ta’minlangani tuman aholisi hayotida amaliy o‘zgarishlar yaratayotgani bilan ahamiyatlidir.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbiri