Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zarbdor – obod mahalla
11:03 / 2023-12-23

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyatida “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlari asosida namunali hududga aylangan mahallalar soni yana bittaga ko‘paydi.  To‘raqo‘rg‘on tumanining Zarbdor mahallasi  bir-ikki oy avval ham “og‘ir hudud”lardan  sanalardi.  Dastur doirasida bu yerda keng ko‘lamli bunyodkorliklar, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 

Jarayonda aholi turmush farovonligini yaxshilash, toza ichimlik suvi, elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, ichki yo‘llarni sozlash, umuman olganda, aholi muammolarini bartaraf etish,  bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgani o‘z samarasini berdi. 

[gallery-15179]

Bayramona kayfiyatdagi zarbdorliklarning shodligiga bugun barcha sherik bo‘ldi. Dastur bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar taqdimotida ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov mahalla ahli bilan suhbatda bo‘ldi.

Nuroniylar, mahalla ahli shunday ezguliklar tashabbuskori bo‘lgan Yurtboshimizga minnatdorchilik bildirib, taraqqiyot sari odimlar bardavom bo‘lishini tilab, duo qildi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA