Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Zarbdor 40 kunlik” yumushlari qizg‘in davom etmoqda
15:51 / 2023-07-12

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Uychi tumanida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ma’lumki, joriy yilning 1 iyulidan boshlab g‘o‘za parvarishida “Zarbdor 40 kunlik” e’lon qilingan. Viloyat rahbari boshchiligidagi mutaxassislardan iborat ishchi guruhi dastlab “Otaboy sulolasi Otabek” fermer xo‘jaligida g‘o‘za agrotexnikasi, kultivatsiya, chilpish (chekanka), mahalliy o‘g‘it chiqarish, g‘o‘zani obi tobida sug‘orish, hasharot va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Ishchi guruhi, ayniqsa, tumandagi “Iftixor ixtisos” fermer xo‘jaligi faoliyatiga yuqori baho berdi. Gap shundaki, xo‘jalik mirishkorlari 27 gektar maydondagi g‘o‘za parvarishini namunali tashkil etishgan. Har bir qarich yerdan samarali foydalanilmoqda. Bog‘ qator oralarida ham qo‘shimcha hosil yaratilmoqda.

[gallery-12751]

Hududdagi “To‘ychi ota” fermer xo‘jaligining paxta maydonida ham barcha agrotexnik tadbirlar sifatli bajarilmoqda.  

Ma’lumot uchun, joriy yilda uychilik mirishkorlar 5 ming 649 gektar maydonda paxta yetishtirib, 21 ming 300 tonna hosil olishni ko‘zlashgan. Tumanda hozirga qadar 2 ming gektar maydonda chilpish ishlari yakunlangan.

Hotam MAMADALIEV (surat, O‘zA