Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zararkunandalarga qarshi kurashish – muhim omil
15:59 / 2015-08-04

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, avgust oyida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, suv va mahalliy o‘g‘itlardan samarali foydalanish, turli agrotexnik tadbirlar va kultivatsiya ishlariga alohida e’tibor qaratish kuzgi mo‘l hosilning muhim omilidir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, avgust oyida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, suv va mahalliy o‘g‘itlardan samarali foydalanish, turli agrotexnik tadbirlar va kultivatsiya ishlariga alohida e’tibor qaratish kuzgi mo‘l hosilning muhim omilidir.

Paxtachilikda hosil kushandasi – turli hasharot va zararkunandalarga qarshi kurash ham alohida e’tibor talab qiladigan vazifalardan hisoblanadi. Bu borada joylarda faoliyat yuritayotgan biolaboratoriyalar muhim ahamiyat kasb etayotir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 70 ga yaqin biolaboratoriya faoliyat yuritmoqda. Ko‘sak qurti, o‘rgimchakkana va turli zararli hasharotlarga qarshi biomahsulotlar ishlab chiqarilayotgan ushbu biolaboratoriyalarda bugun ish har qachongidan ham qizg‘in.

Nukus tumanidagi o‘simliklarni himoya qilish markaziga qarashli biolaboratoriya hududdagi paxta yetishtirishga ixtisoslashgan 91 fermer xo‘jaligida parvarishlanayotgan g‘o‘zaning bo‘liq hosil to‘plashiga munosib hissa qo‘shmoqda.

– Joriy yilda fermer xo‘jaliklariga 37 million so‘mlik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilgan, – deydi biolaboratoriya mutaxassisi Jangaboy Qalmuratov. – Erta bahordan 6 ming 100 gektar maydondagi g‘allazor zararkunandalardan himoya qilingan bo‘lsa, shu kunga qadar 5 ming gektarga yaqin paxtazorga trixogramma, uch yarim ming gektardan ziyod yerga oltinko‘z, ikki yarim ming gektarga brakon kabi biomahsulotlar bilan ishlov berildi.

Mo‘l hosil to‘plash pallasida dehqonga qanot bo‘layotgan biolaboratoriya ishchi-xizmatchilari uchun yoz chillasida ish yanada qiziydi. Atrof-muhit uchun bezarar, ekologik toza va iqtisodiy jihatdan arzon biologik usuldan foydalanayotgan dehqonlarning dalasida g‘o‘za baravj o‘sib, mo‘l hosil to‘planmoqda.