Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zararkunandalarga qarshi chora-tadbirlar belgilanmoqda (+video)
16:53 / 2024-06-04

Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlarida xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Albatta, uni yetishtirish oson ish emas. Dehqonlar kunu tun mehnat qilishi, belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishi lozim.

Zohidjon Mirzamatov asli Namangan viloyatidan. 29 yoshli dehqon Navbahor tumanidagi “Beshrabot Obod Zamin” fermer xo‘jaligida 8 yildan buyon poliz ekinlari yetishtirib kelmoqda.  

– Qovunimiz navi dakaro, bu nav erta pishar nav hisoblanadi va 65 kunda pishadi, – deydi Zohidjon Mirzamatov. – Shuningdek, tarvuz ham ekkanmiz. U 90 kunda pishadi. Bu yil havo salqin kelganligi bois, hosilimiz pishishi kechikdi. O‘tgan yili 1 iyunda hosilimiz pishib, bozorga chiqargan edik. Bu yil esa 20 iyunlarda pishib yetiladi. Urug‘larni plyonka ostiga ekkanimiz sababi tezroq yetiladi. Bu birinchi navbatda issiqlikni va namlikni ushlab turish uchun. Bir gektar maydondan 15-20 tonna hosil olishni reja qilganmiz. Bu usulda tarvuz ekib ko‘rganmiz. Chet elga eksport ham qilganmiz. Bu yil ham eksportni yo‘lga qo‘yish harakatidamiz.  

[gallery-17696]

Navoiy viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Navbahor tumani bo‘limi agronom-inspektorlari tomonidan Yuqori Beshrabot hududida faoliyat olib borayotgan “Beshrabot Obod Zamin” fermer xo‘jaligida fitosanitar nazorat ishlari olib borildi. Bunda ular fermer xo‘jaligi dalasiga ekilgan poliz mahsulotlarining rivojiga e’tibor qaratib, turli zararkunanda hasharotlardan himoya qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.  

– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda tuproq, iqlim sharoiti, barcha imkoniyatlar viloyatimizning hamma tumanlarida bor, – deydi boshqarma bosh mutaxassisi Oxunjon Obloqulov. – Ammo ayrim hollarda dehqonlarimizning tajribasizligini ham tan olishimiz kerak. Bir qator kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Navbahor tumaniga Namangan viloyatidan tajribali dehqonlar jalb etilgan holda aholiga ajratilgan yer maydonlarida poliz ekinlari yetishtirilmoqda.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/sf37CbIlFP8" title="Zararkunandalarga qarshi chora-tadbirlar belgilanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Qovun pashshasi poliz ekinlarining ashaddiy kushandasi hisoblanadi. Uni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida feromon tutqichlar qo‘yilib, monitoringi olib borilmoqda.  

Albatta, o‘z vaqtida qilingan sa’y-harakat, chora-tadbirlar o‘zining ijobiy samarasini beradi. Dehqonchilikda esa bu muhim omillardan biridir.   

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat, video), O‘zA muxbirlari