Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashish zarbdor o‘ttiz kunligi e’lon qilindi
20:52 / 2021-06-25

Bo‘ston tumanida joriy yil paxta hosilini yetishtirishda zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rgazmali, amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tuman bo‘limi mutaxassislari, qishloq xo‘jaligi tizimida ish olib boruvchi tashkilotlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etib, paxta hosilini yetishtirishda turli zararkunanda va hashoratlarga qarshi kurashish borasidagi muhim masalalar xususida fikr almashdi.

– Joriy yilda paxtadan mo‘l hosil yetishtirish ko‘p jihatdan belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishga bog‘liq, – deydi tuman hokimi Sadbarxon Mamitova. – Shu jumladan, hashorat va o‘simlik zararkunandalariga qarshi o‘z vaqtida, samarali kurashmasak, kutilgan natijaga erishishimiz qiyin. Shu bois, ushbu masalaga alohida e’tibor qaratishimiz kerak.

[gallery-2928]

Seminarda mutaxassislar tomonidan paxta zararkunandalari – o‘rgimchak kana, ko‘sak qurti kapalagi va boshqa hashoratlarga qarshi kurashish bo‘yicha kimyoviy dori vositalaridan foydalanish va to‘g‘ri ishlov berish bo‘yicha tavsiya va takliflar berildi. Tumanning O‘zbekiston massividagi «Shermuhammad Abdullayev» fermer xo‘jaligi dalalarida kimyoviy dorilarni qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Ishtirokchilar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish, bu boradagi ilg‘or ish uslublari va tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Tumanda zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashish bo‘yicha «Zarbdor 30 kunlik» e’lon qilinib, mutasaddi tashkilot rahbarlari va mutaxassislarga bu boradagi zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA