English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zararkunanda hashoratlarga qarshi keskin kurashilmoqda
12:35 / 2020-08-12

8 ming 772 koʻrik dalolatnomalari rasmiylashtirildi.


Andijon viloyatida 37 ming 204 gektar ekin maydoni joriy yilning oʻtgan davrida Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi agronom inspektorlari tomonidan karantin koʻrigidan oʻtkazildi. 8 ming 772 koʻrik dalolatnomalari rasmiylashtirildi.

Mazkur jarayonda 635 ta fermer xoʻjaligi hamda dehqon tomorqa yer egalariga tegishli 489,6 gektar ekin maydonlaridagi zararlanish holatlari mutaxassislarimiz tomonidan bartaraf etildi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tasarrufida boʻlgan ekin maydonidagi zararkunanda hashoratlar, begona oʻtlarning fitosanitar holati toza hududlarga tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari belgilanib, 555,9 gektar ekin maydonidagi zararlanish holatlari kimyoviy ishlov berish, agrotexnik usullar yordamida shu joyning oʻzida bartaraf qilindi.

Ekin maydonlarining fitosanitar holatiga zarar yetkazish bilan bogʻliq qonun buzishlar yuzasidan 19 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, maʼmuriy organlarga taqdim etildi. Shundan 3 nafariga sud tomonidan ogohlantirish berildi, 8 nafariga jarima belgilandi, 5 nafariga chora koʻrish masalasi pandemiya sababli vaqtincha toʻxtatildi.

Joriy yilning oʻtgan davrida pomidor kuyasi, sitros oq qanoti, olma mevaxoʻri, gilos pashshasi singari 20 ga yaqin turdagi meva va oʻsimlik hashorati hamda zararkunandalarga qarshi kurashishga moʻljallangan 2 ming 248 dona feromon tutqichlar keltirildi. Ushbu jihozlar tumanlar kesimida tarqatilib, ulardan samarali foydalanish nazoratga olindi.

Tuman agronom inspektorlari tomonidan hududlarda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi maxsulotlariga 3 ming 471 ta ichki fitosanitar sertifikatlar rasmiylashtirib berildi. Shuningdek, hududlardagi karantin manbaalari bilan zararlangan maydonlar aniqlanib, zararlanish holatlari va darajasi haqidagi maʼlumotlar “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasiga taqdim etildi. Ana shu maʼlumotlar asosida zararlangan hududlarda kimyoviy agrotexnik kurash tadbirlari oʻtkazilib, zararlanish holatlari bartaraf etildi.

Andijon viloyati oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan oʻsimliklar karantini, sohaga oid qonun va qarorlar mazmun-mohiyatini mutaxassislar, keng jamoatchilikka yetkazish borasida ham keng koʻlamli targʻibot-tushuntirish ishlari olib borildi. Faoliyat yuritayotgan agronom inspektorlari fermer xoʻjaliklari, mahalla fuqarolar yigʻinlarida aholi, keng jamoatchilik ishtirokida muntazam ravishda suhbatlar oʻtkazmoqda. Jumladan, mutaxassislar uchun 400 dan ziyod oʻquv seminarlari tashkil etildi. Bu nafaqat mutaxassislarning, balki keng jamoatchilikning ekin maydonlari holatini sof saqlash, turli zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashish, mazkur yoʻnalishda salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish borasidagi bilim va tushunchalarini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Javohir ERGASHEV,
Andijon viloyati Oʻsimliklar karantini
davlat inspeksiyasi bosh agronomi