Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zarafshonlik sportchi yoshlar zafar quchdi
16:19 / 2019-11-07

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yoshlar o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.


Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yoshlar o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Zarafshon shahar o‘quv sport texnika klubi(O‘STK) tomonidan shahar ichki ishlar, sport, tibbiyot va madaniyat bo‘limlari, “Oltin vodiy” gazetasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Uchquduq, Xatirchi, Qiziltepa va Nurota tumani hamda Zarafshon shahar O‘STK sportchilari ishtirok etdi.

Qizg‘in davom etgan musobaqa yakunida VP 2 mashqida o‘g‘il bolalar o‘rtasida birinchi o‘rinni mezbon jamoa – Zarafshon shahar O‘STK sportchisi D.Kenjaev qo‘lga kiritdi. Mazkur yo‘nalishda ikkinchi o‘rin xatirchilik N.Begmamatov, uchinchi o‘rin esa qiziltepalik sportchi M.Karimovga nasib etdi.

Qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan VP 2 mashqida ham birinchi o‘rin mezbonlarga nasib etdi. Xususan, Zarafshon shahar O‘STK sportchisi S.Elmurodova yuqori natija qayd etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa qiziltepalik sportchi Sh.Jalolova, uchinchi o‘ringa esa nurotalik sportchi K.Ne’matullaeva sazovor bo‘ldi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan PP 1 mashqida ham zarafshonlik sportchi zafar quchdi. Shahar O‘STK sportchisi X.Haydarov ushbu yo‘nalish g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni qiziltepalik S.Muxtarov egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin uchquduqlik T.Toirovga nasib etdi.

Xuddi shu yo‘nalish bo‘yicha qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda birinchi o‘ringa Xatirchi tumani O‘STK sportchisi M.Murtazaeva sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni zarafshonlik R.Bekmurodova, uchinchi o‘rinni esa nurotalik G‘.Amonova egalladi.

Umumjamoa hisobida Zarafshon shahar O‘STK jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Qiziltepa tumani O‘STK, uchinchi o‘rin esa Xatirchi tumani O‘STK jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.