Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zarafshonlik ota 52 million so‘mdan ziyod aliment pullarini oldindan to‘ladi
18:02 / 2021-05-12

Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi Q.Yu. farzandi uchun 2021 yil fevral oyidan 2026 yil fevral oyiga qadar bo‘lgan davr uchun qariyb 52 million 359 ming so‘m aliment pullarini oldindan to‘ladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 2015 yil 10 dekabrdagi sud buyrug‘iga asosan fuqaro Q.Yu.dan 2015 yil 19 yanvar kuni tug‘ilgan farzandi ta’minoti uchun D.K.ning foydasiga aliment miqdori qarzdor oylik daromadining to‘rtdan bir qismigacha undirish belgilangan bo‘lib, mazkur sud hujjatiga asosan, 2016 yil yanvarda Majburiy ijro Byurosi Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan holda undiruv choralari ko‘rib borilgan.

– Bo‘lim tomonidan qarzdor Q.Yu. bilan o‘tkazilgan profilaktik suhbat hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi qarori talablari tushuntirilishi natijasida, qarzdor 2021 yil fevral oyidan 2026 yil fevral oyiga qadar bo‘lgan davr uchun 52 million 359 ming so‘m aliment pullarini oldindan to‘lab berdi, – deydi Majburiy ijro Byurosi Zarafshon shahar bo‘limi davlat ijrochisi Muhammad Karimov.

Bo‘lim xodimlarining tushuntirishlari besamar ketmadi. Mazkur ijro hujjati amalda tamomlandi.

 

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA