Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zarafshonda O‘zbekistondagi ilk shamol trubinasi o‘rnatildi
09:19 / 2023-06-14

2023 yil 13 iyun kuni Zarafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi  shamol turbinasi o‘rnatilishini nishonlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari - investitsiyalar sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i I. Norimov, Zarafshon shahar hokimi N. Rahmonov, Tomdi tumani hokimi Q. Aldabergenov, "Shamol Zarafshan Energy" (Masdar) kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi vakillari va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu loyiha ahamiyatini e’tirof etishdi. Shamol turbinasining quvvati 4,7 MVt, balandligi 97 metr, parraklarining uzunligi 77 metrni tashkil etadi. 

Ta’kidlash joizki, ushbu yirik loyiha doirasida jami 111 ta shamol turbinasi o‘rnatiladi. 500 MVt quvvatga ega loyiha 500 mingta xonadonga yetarli hajmda elektr energiyani ishlab chiqarishni va atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 1,1 mln. tonnaga kamaytirishni ta’minlab berishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur elektr stansiyaning ilk quvvatlari joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi bo‘lishi kutilmoqda.

                                                                                           O‘zA