English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zarafshon shahrida YPX xodimlari bodi-kamera bilan ishlay boshladi
15:01 / 2019-12-30

Zarafshon shahar IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi yoʻl patrul xizmati xodimlari bugundan eʼtiboran bodi-kamera (body-camera)lardan foydalanishni boshladi.


Zarafshon shahar IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi yoʻl patrul xizmati xodimlari bugundan eʼtiboran bodi-kamera (body-camera)lardan foydalanishni boshladi. 24 nafar yoʻl patrul xizmati xodimlari bodi-kameralardan foydalangan holda xizmat olib bormoqda.

Bodi-kameralar quvvati uzluksiz 8 soat ishlashga yetadi, jazirama va yogʻingarchilik ob-havo sharoitlarida ham qoʻllash mumkin.

YPX xodimlari bilan haydovchilar orasidagi koʻplab ziddiyatli, tamagirlik holatlarining oldini olishda, sodir etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklariga oydinlik kiritilishida bodi-kameralarning oʻrni beqiyos.

Maʼlumot uchun, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga 2017-yilgi Murojaatnomasida yaqin vaqt ichida militsiya xodimlari yelkasiga bodi-kamera taqib ishlashini maʼlum qilgan edi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 1-dekabrda qabul qilingan qarorga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl harakati qatnashchilari xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega.