Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini boshqarish masalasi muhokama etildi
16:46 / 2025-05-21

FOTOREPORTAJ

Buxoroda Zarafshon daryosi havza kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi (CAREC) dasturi hamda “Karitas-Shveysariya” tashkiloti hamkorligida “Zarafshon daryosi havzasida iqlimga bardoshli integral suv resurslarini boshqarish” loyihasining birinchi bosqichi  doirasida tashkil etildi.  

Yig‘ilishda Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini boshqarish bo‘yicha asosiy masalalar – iqlimga bardoshlilik, havzaning atrof-muhit holati, suvga talabning ortib borayotgani, sohalar o‘rtasidagi raqobat, institutsional va huquqiy jihatlar hamda kompleks va sohaviy boshqaruvni muvofiqlashtirishdagi eng yaxshi amaliyotlar muhokama qilindi. Asosiy e’tibor havza kengashining rolini mustahkamlash va uning qarorlarini amaliyotga tatbiq etishga qaratildi.  

Tadbir avvalida Zarafshon daryosi havza kengashi raisi Solijon Hamroev hamda Suv xo‘jaligi vazirligi vakili Birodar Burxonjonov havza boshqaruvining mintaqa rivojlanishidagi ahamiyati haqida gapirdi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakili Ilhom Jo‘raev suv resurslarini boshqarishning ekologik jihatlari haqida ma’lumot berdi.  

[gallery-23486]

Shuningdek, tadbir doirasida amalga oshirilgan ishlar va kengash rejalari haqida taqdimot o‘tkazildi.  

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA