Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Zar oquvchi daryo” haqida eshitganmisiz?
10:40 / 2024-04-14

FOTOREPORTAJ

Zarafshon daryosining nomi “Zar”, ya’ni oltin, “afshon” — oquvchi, tarqatuvchi degan ma’noni anglatadi. 

Ushbu daryo qadimda o‘zining sersuvligi, o‘zanini tez-tez o‘zgartirib turishi bilan aholini vahimaga solib kelgan. Shu tufayli odamlarda bu qaysar daryoni bo‘ysundirishga kuch-quvvat va imkoniyat yetmagan. Asrlar osha odamlar Zarafshon daryosi atrofida dehqonchilik qilishgan, bog‘-rog‘lar, ekinzorlar barpo etib, yashay boshlaganlar. Hozirgi vaqtda Zarafshon daryosidan o‘nlab kanallarga suv olinadi va dehqonchilik uchun asosiy manba hisoblanadi.

Qadimiy daryo hozirgi kunda ham muhim o‘ringa ega bo‘lib, uning suvidan mamlakatimizning Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari hamda Tojikiston Respublikasining bir qismi bahramand bo‘lmoqda. Zarafshon daryosi aholining suvga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash bilan bir qatorda, mamlakatning qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalari uchun ham zarurdir.

[gallery-16911]

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA