Zangiotalik sinfdoshlar o‘qigan maktabini obod qildi
Zangiota tumani, Nazarbek qo‘rg‘onidagi 8- umumta’lim maktabining sobiq o‘quvchilari – sinfdosh do‘stlar Hamidullo A’zamov, Xursand Karimboyev, Olimjon Komiljonov, Alisher Zokirov va Rustam Djumayev o‘zaro maslahatlashib, o‘zlari o‘qigan ta’lim dargohi obodligiga katta hissa qo‘shishdi.
Sobiq sinfdoshlar – tadbirkor do‘stlar qariyb 3 milliard so‘m evaziga maktab hududida sport maydoni, istirohat bog‘i barpo qildilar. Xizmat ko‘rsatish davlat-xususiy sherikchilik tizimi asosida yo‘lga qo‘yildi. Kelib tushayotgan mablag‘lar esa maktab ehtiyojlari uchun ishlatiladi.
Toshkent viloyati hokimligi maorif ishiga qo‘shgan hissasi hamda yosh avlodga ko‘rsatayotgan e’tibori uchun ushbu saxovatpesha fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/FiFbqhQAuUw" title="Zangiotalik sinfdoshlar o‘qigan maktabini obod qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA.