Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zangiotadаgi klinikaga yangi jamoat transporti yo‘nalishi qo‘yiladi
09:35 / 2023-03-11

Ijtimoiy tarmoqlardagi Ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi vaqtinchalik ko‘chirilgani va jamoat transporti mavjud bo‘lmagani xodimlarga noqulaylik tug‘dirayotgani to‘g‘risidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi matbuot xizmatining ta’kidlashicha, mazkur holat yuzasidan amaliy yordam so‘rab Transport vazirligiga murojaat qilindi.  

Natijada 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yangi shahar jamoat transporti yo‘nalishini tashkil etish yuzasidan Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati transport boshqarmasi mutasaddi xodimlari tomonidan  atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.  

O‘rganish natijasiga ko‘ra, shifoxonadan 5-metro bekatigacha bo‘lgan masofa 6,9 km.ni tashkil etayotgani, shifoxonaga kelib-ketayotgan ishchi-xodimlarga noqulayliklar yuzaga kelayotgani sababli yangi avtobus yo‘nalishini tashkil etish maqsadga muvofiqligi ma’lum bo‘ldi.  

Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda metro bekatidan Zangiotadagi klinikaga qadar 154-sonli yo‘nalish ishlab chiqilib, tenderga qo‘yilgan. Yo‘nalish tender o‘tkazilgandan so‘ng 21 martgacha ishga tushiriladi.  

O‘zA