Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zangiota tumanida probatsiyadagi fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
12:22 / 2025-11-21

Mamlakatimizda aholi muammolarini joylarga chiqib o‘rganish, o‘rinli yechim topish, profilaktika va huquqiy tushuntirish ishlarini samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Zangiota tumanida soha rahbarlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Zangiota tumani Bog‘zor mahalla fuqarolar yig‘ini hududi, Sadoqat bog‘i Ma’naviyat markazida sayyor qabul tashkil etildi. Tadbirda Jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tumani sudi raisi Tilovov Jamshid Shavkatovich, jinoyat ishlari bo‘yicha sudya Xonkeldiyev Aziz O‘tkirovich, Zangiota tumani IIB JXX probatsiya guruhi boshlig‘i, leytenant Sultonov Nurbek Raxmonovich hamda tuman probatsiya ro‘yxatida turuvchi 18 nafar ahloq tuzatish ishlari  va ozodlikni cheklash  jazosini o‘tayotgan fuqarolar ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning muammo va takliflari eshitildi, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, jazoni ijro etish jarayonida duch kelayotgan qiyinchiliklar, ularning ijtimoiy hayotga moslashuvi, bandlik masalalari va profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi va har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklandi.

Hamroz Bayanov, O‘zA