FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi «Istiqlol» bolalar dam olish markazida joylashgan Respublika bolalar kutubxonasi 72 mingdan ziyod kitob fondiga ega.
Ziyo maskanida kitobxonlar uchun zarur barcha sharoit yaratilgan. Kompyuter xonasi, kitobxonlar uchun o‘quv zali, 50 o‘rinli konferensiya zali mavjud. Wi-Fi zonada internet uzluksizligi ta’minlangan. Kitobxonlar o‘zlariga kerakli barcha ma’lumotni tez va aniq topishi mumkin.
Kutubxona har yili yangi inventarlar bilan boyitib boriladi. Xususan, joriy yil infokiosk, virtual 3D ochki, elektron tablo, kolonkalar bilan ta’minlandi. Shuningdek, kutubxonada o‘quvchilar uchun ingliz tili to‘garagi ishlab turibdi.
[gallery-7465]
Har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi, Xalq ta’limi vazirligi va qator tashkilotlar hamkorligida “Kitob taqdimoti”, “Adabiyot kunlari”, “Bir farzandga - uch kitob” aksiyasi kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, haftaliklar o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur haftaliklar doirasida ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari, bolalar yozuvchi va shoirlari bilan ijodiy uchrashuvlar, yangi adabiyotlar taqdimoti va ko‘rgazmalari, turli tanlov, viktorinalar tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali kutubxona faoliyatiga oid yangiliklar yoritib boriladi. Shuningdek, telegram kanalida “Virtual kutubxona”, “Kutubxonachilarga metodik yordam” guruhlari ham tashkil etilgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA