Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Zamonaviy tibbiyot” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya
12:22 / 2026-02-13

Guliston davlat universitetida tibbiyot yo‘nalishidagi iqtidorli talabalar ishtirokida “Zamonaviy tibbiyot” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilindi.

Ushbu tadbir talabalarning ilmiy qarashlari, amaliy tajribalari va yangi g‘oyalarini namoyish etishga qaratilgan bo‘lib, ularni zamonaviy tibbiyot sohasidagi tendensiyalar va innovatsiyalarga yanada yaqinlashtirishga xizmat qildi.

Konferensiyada 9 nafar faol talabalar ishtirok etdi. Har bir ishtirokchi o‘z mavzusini mazmunli, tushunarli va ilmiy asoslangan tarzda taqdim etdi.

– Taqdimotlar, slaydlar va ilmiy maqolalar hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi mezonlar asosida baholandi, – deydi tibbiyot fakulteti dekani, tibbiyot fanlari nomzodi Farhod Shernazarov. – Asosiy e’tibor taqdimot mazmunining dolzarbligi va ilmiy ahamiyatiga, mavzuni yoritish mahorati va ilmiy mulohazalarning aniqligiga, slaydlarning vizual sifati va tuzilishi hamda taqdimotning umumiy ta’sirchanligiga, shuningdek savol-javoblardagi faollik va aniqlikka qaratildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, tibbiyot fakulteti talabasi Charos Sharapova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, 2-o‘ringa Dilnura Erkinjonova, 3-o‘ringa esa Zulfiya Mamayusupova sazovor bo‘ldi.

Konferensiya so‘ngida barcha faol ishtirokchilarga ilmiy izlanishlari va zamonaviy tibbiyot sohasidagi bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan hissasi uchun minnatdorlik bildirildi, g‘oliblar esa universitet rektorati tomonidan taqdirlanishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri