Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholini birlamchi tibbiy yordam bilan qamrab olish va xizmat sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hududlarda barpo etilayotgan zamonaviy va xalqchil tibbiyot markazlari mazkur siyosatning amaliyotidagi yorqin ifodasidir.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanda navbatdagi ana shunday tibbiyot muassasalari – 2- va 9-oilaviy poliklinikalar foydalanishga topshirildi. Yangi binolar zarur barcha tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi.
Zamonaviy talablarga mos ravishda barpo etilgan ushbu inshootlarda shifokorlar, profilaktika xizmati va diagnostika xonalari faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratildi. Ushbu qulayliklar aholiga tez, sifatli va tizimli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatini oshiradi.

Ta’kidlash kerak, bugungi kunda G‘ijduvon tumanida yashovchi 330 ming 645 nafar aholiga 543 o‘rinli G‘ijduvon tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, viloyatda 20 ming 390 quvvatga ega 220 ta muassasa tomonidan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmati ko‘rsatiladi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA