English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy texnologiyalar namoyishi
21:00 / 2018-05-23

Samarqandda “O‘zbekiston sanoat infratuzilmasi – Industrial Infrastructure Uzbekistan– 2018. Samarkand” xalqaro ko‘rgazmasi boshlandi.

Samarqandda “O‘zbekiston sanoat infratuzilmasi – Industrial Infrastructure Uzbekistan– 2018. Samarkand” xalqaro ko‘rgazmasi boshlandi.

“Kongress Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamkorligida bu yil ikkinchi bor tashkil etilgan yarmarkada dunyoning 17 mamlakatidagi 30 dan ortiq firma va kompaniyalar vakillari o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.

Ko‘rgazmada sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, qurilish, tikuv-ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar, texnika va uskunalar namoyish etilib, ularni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolanmoqda.

– O‘n yildan buyon xorijdan zamonaviy tibbiy uskunalar keltirib, sotamiz, – deydi “Intermed innovation” kompaniyasi savdo menejeri Saidbek Fasxuddinov. – Birgina joriy yilning fevral-may oylarida Samarqand viloyatining xususiy va davlat tasarrufidagi tibbiyot muassasalariga 10 ga yaqin zamonaviy ultratovush apparati, laboratoriya va jarrohlik jihozlari, funksional diagnostika vositalari yetkazib berdik. Shuningdek, kompaniyamiz zamonaviy texnologiyalarni o‘rnatish va ulardan foydalanish bo‘yicha ham servis xizmati ko‘rsatadi. Bu kabi ko‘rgazmalar mahsulot va xizmatlarimizni taklif etish uchun qulay imkoniyatdir.

Ko‘rgazmaning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati yo‘nalishida dunyoga mashhur kompaniyalar tomonidan taqdim etilayotgan sut mahsulotlarini qayta ishlash, sharbat va suv ishlab chiqarish texnologiyalari, veterinariya dori vositalari, chorva uchun yem va boshqa qo‘shimchalar ham ishtirokchilar e’tiborini tortmoqda.

Avstriya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Germaniya, Turkiya davlatlari va mamlakatimiz qurilish kompaniyalarining mahsulot va xizmatlari, texnikalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Jumladan, germaniyalik ishlab chiqaruvchilarning gorizontal yo‘nalishda 30 tonnadan 600 tonnagacha yuk tortish kuchiga ega burg‘ilash uskunalari va ehtiyot qismlari, rossiyalik ishlab chiqaruvchilarning elektron sanoat tarozilari va tarozi indikatorlari, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning foydalanish muddati uzaytirilgan metall konstruksiyalariga talabgorlar ko‘p.

26.JPG

3.JPG

22.JPG

– Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma korxonamiz bir yilda nafaqat yurtimiz, balki Markaziy Osiyo davlatlarida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi, – deydi “Bektemir metall konstruksiyalari” qo‘shma korxonasi menejeri U.Do‘stboyev. – Chunki bizmintaqada birinchi bo‘lib metallga ruh bilan ishlov berish orqali undan foydalanish muddatini 65 dan 120 yilgacha uzaytiramiz. Bu, ayniqsa, bugungi zamonaviy shaharsozlik va keng miqyosli qurilish ishlarida har tomonlama qulay hisoblanadi.

Uch kun davom etadigan ko‘rgazmada texnika va texnologiyalar, mahsulotlarni xarid qilish, shuningdek, investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha shartnomalar tuzish va kelishuvlarga erishish kutilmoqda.