Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy texnologiya yutuqlari
13:50 / 2025-12-16

“Posco International Textile” MCHJ xorijiy korxonasining Buxoro yigiruv fabrikasi negizida joriy  yildagi hududiy investitsiya dasturiga asosan 9 million AQSH dollari miqdoridagi sarmoyaga asosan tashkil etilgan.

Korxona zamonaviy, ilg‘or korxona bo‘lib, oliy paxta navlari asosida mato va yigiruv iplarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Bu yerda ishlab chiqariladigan kalava iplari ham, to‘quv ham trikotaj to‘qish usullariga to‘la mos keladi.

Turkiyadan keltirilgan zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan ushbu fabrika yiliga 15 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yiliga 300 milliard so‘mlik ishlab chiqarish, 10 million AQSH dollarlik eksport, byudjetga qo‘shimcha 12 milliard so‘mlik qo‘shimcha tushum deganidir.

Fabrikada 450 nafarga yaqin yetuk mutaxassis zamonaviy texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqarishda ishtirok etmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.