Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy texnologiya – sifatli xizmat
11:08 / 2025-11-15

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyat qon quyish stansiyasida qon komponentini ajratish separatori o‘rnatildi. 

Xalqaro standartlarga javob beradigan ushbu tibbiy apparat to‘liq avtomatlashtirilgan tizimda ishlashga moslashgan bo‘lib, uning yordamida bir marotabalik steril to‘plamlardan foydalangan holda qon komponentlari tayyorlanadi. Ushbu komponentlar trombotsitopenik qon ketishlarda, leykoz, onkogematologik singari kasalliklarda juda zarur bo‘ladi. 

Buxoro viloyat qon quyish stansiyasi 2 milliondan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Stansiyaga murojaat qilgan homilador yoki yosh bolali onalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham qulay sharoitlar yaratilgan. Ayni paytda bu yerda raqamlashtirish ishlari jadal davom ettirilmoqda. 

Stansiyada faoliyat yuritayotgan tibbiy xodimlar bo‘sh vaqtidan unumli foydalanishi uchun kutubxona va sport zali tashkil qilingan.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA