Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy ta’lim muammolari muhokama markazida
15:33 / 2025-12-14

Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashabbusi bilan “Zamonaviy ta’limning dolzarb muammolari, yechimlari va rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda innovatsion pedagogik yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro anjumanda Turkiya, Niderlandiya, Slovakiya, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalari vakillari ishtirok etdi. Jumladan, Istanbul universiteti professori Shafoattin Deniz, Amsterdam universiteti professori Babak Rezvani, Slovakiya Respublikasi Iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri professor Kultan Yaroslav, shuningdek, mahalliy va xorijiy mutaxassislar ma’ruzalar bilan qatnashdi.

Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim sohasidagi dolzarb muammolarni ilmiy tahlil qilish, innovatsion pedagogik strategiyalarni rivojlantirish, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish hamda o‘quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan zamonaviy ilmiy yondashuvlarni takomillashtirishdan iborat.

Musulmon Ziyo, O‘zA