Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy sport majmuasi
20:10 / 2015-11-24

Zamonaviy turar-joy binolari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, muhtasham sport majmualari, stadionlar, ko‘rkam xiyobonlar, yo‘l va ko‘priklar barpo etilayotir.

Prezidentimizning 2011-yil 15-noyabrdagi “2012-2015-yillarda Farg‘ona shahrining bosh rejasini amalga oshirish, ijtimoiy va transport-kommunal infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida bu yerda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Zamonaviy turar-joy binolari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, muhtasham sport majmualari, stadionlar, ko‘rkam xiyobonlar, yo‘l va ko‘priklar barpo etilayotir. 

Shahar markazidagi sobiq “Neftchi” stadioni o‘rnida zamonaviy sport majmuasi barpo etilgani ana shu bunyodkorlik ishlarining amaldagi ifodasidir. Barcha xalqaro talablarga javob beradigan muhtasham koshonada sportning ko‘plab turlari bilan shug‘ullanish uchun qulayliklar yaratilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligi oldidan foydalanishga topshirilgan majmuaning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sport inshootlarining moddiy-texnik bazasini mastahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

Uch ming o‘rinli futbol stadioni, mashg‘ulotlar maydoni, yengil atletika, yopiq suzish havzasi, sport zalini o‘z ichiga olgan mazkur inshoot sportchilar va muxlislar quvonchini oshirdi. Yaratilayotgan bunday sharoit va imkoniyatlar sportchilarni ulkan marralar sari ruhlantiradi.