Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy sharoitda yashash zavqi
08:08 / 2023-07-15

Yangi O‘zbekiston manzaralari

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2021 yilda Farg‘onaning Bag‘dod tumanidagi “Muruvvat” (hozirgi “Guliston”) MFYda dashtlik o‘rnida  qisqa fursatda  66 ta ko‘p qavatli uylardan iborat kichik shaharcha qad rostladi. Bugun ko‘rsa ko‘z quvonadigan mazkur shaharchada yashayotgan kattayu kichik bilan suhbatlashsangiz, ular mamnuniyat ila qulay va zamonaviy sharoitlarda yashayotganliklaridan baxtiyorligini aytishadi.

– Farzandim To‘lqinjon oilasi bilan shu yerda yashaydi, - deydi bag‘dodlik mehnat faxriysi Lolaxon  Qodirova. – Ko‘p vaqtim shu o‘g‘limning uyida o‘tadi. 4  nabiramning tarbiyasiga yordamlashaman. Ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun ushbu kichik shaharchada barcha sharoitlar, jumladan, bog‘cha, maktab, sport maydonchalari bor. Farzand va nabiralarim shunday qulayliklarga ega joyda yashayotganliklaridan ko‘nglim to‘q. Bu xayrli ishlarning tashabbuskori bo‘layotgan, inson qadrini hamma narsadan ustuvor qo‘yayotgan Prezidentimizga rahmat.

[gallery-12783]

– Maktabgacha ta’lim tashkilotimiz zamonaviy loyiha asosida qurilgani bois mashg‘ulotlarni ko‘ngildagidek o‘tqazish imkoniyatiga egamiz, - deydi shaharchadagi 58-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari Manzuraxon Madaminova. – Maskanimiz 180 o‘rinli bo‘lib, ayni kunlarda shaharchamiz aholisi talab-istagi asosida yangi guruh ochish arafasida turibmiz.

 “Guliston” MFY raisi Foziljon Xalilovning aytishicha, bu yerda zamonaviy tibbiyot maskani, qator maishiy xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalar, savdo do‘konlari, madaniyat saroyi va kutubxona aholi xizmatida. Ko‘p qavatli uylar  yaqinida “Muruvvat” sanoat zonasi tashkil etilgani hamda 33 gektar yerda issiqxona barpo etilib, shaharcha aholisiga 5-10 sotixdan bo‘lib berilgani oilalar farovonligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA