Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy sharoit – sifatli ta’lim garovi
11:45 / 2025-02-24

FOTOREPORTAJ

Keyingi yillarda mamlakatimiz ta’lim tizimida xususiy sektor ishtirokining keng qo‘llab-quvvatlanayotgani sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirib, sifatni oshirishga xizmat qilmoqda.  

Nukus shahridagi “Kardar academy school” nomli nodavlat xususiy maktabi yakka tadbirkor Murod Shimbergenov tomonidan tashkil etilgan. Ushbu ta’lim dargohining 1 ta maktabga tayyorlov, 16 ta boshlang‘ich va 8 ta yuqori sinfda jami 400 nafar o‘quvchi bilim olmoqda.  

O‘tgan 2024 yil sentyabr oyidan Kembrij xalqaro ta’lim dasturi bo‘yicha dars o‘tish va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirish yo‘lga qo‘yildi. Hozirda bir nechta chet davlatdan kelgan hamda mahalliy pedagoglar o‘quvchilarga xorijiy tilda saboq bermoqda.

[gallery-21891]

Albatta,  sifatli ta’lim uchun maktabda sharoit va imkoniyatlar yetarli. Sinf xonalari zarur jihozlar va yangicha texnik uskunalar bilan ta’minlangan. O‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida mental arifmetika, informatika, raqs, shaxmat, gimnastika kabi fan va sport to‘garaklari ishlab turibdi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA