Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy sharoit – sifatli ta’lim garovi
12:21 / 2025-02-01

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanidagi “Atangan guzar” mahallasida joylashgan 61-maktab qayta qurilib, zamonaviy ko‘rinishda foydalanishga topshirildi.  

Mazkur ta’lim muassasasi 1995 yilda barpo etilgan bo‘lib, yillar davomida sinf xonalari ta’mirtalab holatga kelib qolgan edi. Shuningdek, xonalarining kamligi o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun noqulayliklar tug‘dirib kelgan. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida maktabni tubdan rekonstruksiya qilish bo‘yicha davlat investitsiya dasturi asosida loyiha amalga oshirildi.  

[gallery-21554]

Qurilish ishlari natijasida maktabning umumiy sig‘imi 272 o‘rindan 480 o‘ringacha kengaytirildi. Yangi bino barcha zamonaviy talablarga javob beradigan tarzda qurilib, sinf xonalari zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlandi. Endi o‘quvchilar barcha qulayliklarga ega keng va shinam sinf xonalarida ta’lim oladi.  

Binoning foydalanishga topshirish marosimida tuman hokimi va sektorlar rahbarlari, ta’lim sohasi xodimlari, mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar zamonaviy sharoitga ega maktab ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA