Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy sharoit – sifatli ta’lim garovi
09:34 / 2024-01-27

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida olib borilayotgan ezgu sa’y-harakatlar doirasida keyingi yillarda ta’lim muassasalari faoliyati zamonaviy mezonlar asosida yangilanib bormoqda.

Xususan, 1982 yilda qurilgan va moslashtirilgan binoda faoliyat yuritib kelayotgan 46-umumta’lim maktabida 2023 yilgi Investitsiya dasturi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 220 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu ta’lim maskanida 856 nafar o‘quvchi ikki navbatda ta’lim olayotgani turli qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotgan edi.

[gallery-15666]

Dastur asosida maktab uchun 330 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilib, mavjud 220 o‘rinli o‘quv binosi mukammal ta’mirlandi. Ezgu tashabbus ijobati uchun davlat byudjetidan 6 milliard 200 million so‘m mablag‘ sarflandi.

 Hozirda tumanida 56 ta umumta’lim maktabi faoliyat yuritmoqda. Bu yilgi rejaga ko‘ra, 1 ta maktabda mukammal ta’mirlash, 3 ta bilim dargohida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Natijada, mazkur ta’lim muassasalarida o‘qish jarayoni to‘liq bir navbatda tashkil etiladi. Bu ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA